Rudjeri Kavaniga futbolni tark etishni tavsiya qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada qiyin davrni boshdan kechirmoqda. «Boka Huniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib olmoqda, ayrim uchrashuvlarda esa u umuman maydonga tushmayapti yoki o‘yin oxirigacha yetkazmay, almashtirib qo‘yilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentin futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri Kavaniga nisbatan bunday munosabatni haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, shuncha tajriba va obro‘ga ega futbolchi uchun bu holat to‘g‘ri emas va Kavaniga futbolni yakunlash haqida o‘ylab ko‘rish yaxshiroq.
Rudjeri so‘zlariga ko‘ra, «bunday tarjimai holga ega futbolchini shunday ko‘rinishda ko‘rish — bu haqorat, shunday bo‘lgandan ko‘ra futbolni tark etgan ma’qul».
Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» hamda «Manchester Yunayted» kabi klublarda ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!