date

Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin

Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan yangi bitim imzolash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turinliklar rahbariyatini jamoaning Chempionlar ligasida pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgani ham to'xtatib qolmadi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma shartlari bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan. 66 yoshli mutaxassisga xorijning yana ikki klubi qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq Spalletti yaqin haftalarda "Yuventus" bilan shartnomaga imzo chekishi kutilyapti.

Spalletti o'tgan yilning oktabr oyi oxirida Turin jamoasini qabul qilib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi esa mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin