Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni tavsiya qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. “Boka Xuniors” muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib oladi, futbolchining o‘yin amaliyoti ham barqaror emas: ba’zan umuman maydonga tushmaydi, ba’zan esa uchrashuv oxirigacha yetmay, almashtiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri bu holatni Kavanining obro‘si uchun haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, bunday munosabat fonida tajribali forvardga futbolni yakunlagani ma’qul.
“Bunday tarjimai holga ega o‘yinchi uchun bu — haqorat. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, futbolni yig‘ishtirib qo‘ygan yaxshi”, — deya Rudjerining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq “Napoli”, PSJ va “Manchester Yunayted” kabi klublarda ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!