date

Luis Enrike Safonovni juda yuqori saviyali darvozabon deb atadi

Luis Enrike Safonovni juda yuqori saviyali darvozabon deb atadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa posboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Safonovni yuqori darajadagi darvozabon, milliy terma jamoa futbolchisi sifatida ta’rifladi. Enrikening aytishicha, murabbiylar shtabiga Safonovning oyoqda ham ishonchli o‘ynashi, jismonan baquvvatligi va dadilligi yoqadi. Murabbiy uni klub falsafasi va o‘yin qarashlariga juda mos kelishini ta’kidladi.

Shuningdek, Luis Enrike Safonov asosiy tarkibda maydonga tushganida ham, zaxirada qolgan paytlarida ham doim yuqori saviya ko‘rsatishga qodir ekanini qayd etdi. Murabbiy qo‘l ostida uch nafar kuchli darvozabon borligidan mamnunligini ham yashirmadi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Safonov Fransiya chempionatida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Yevropa Chempionlar ligasida esa u 4 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazdi, 1 uchrashuvda esa “nol”ga o‘ynadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Safonovni juda yuqori saviyali darvozabon deb atadi