Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenhxua Ligani mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergan «Shanxay Shenhxua» sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi faqatgina turnir bilan chiroyli xayrlashishga urinib ko'rdi. Biroq Leonid Slutskij jamoasi bu vazifani ham uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi taym boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochgan bo'lsa, 22-daqiqada Suphanat Muanta ustunlikni ikkitaga yetkazdi.
Tez orada «Shanxay Shenhxua» futbolchilaridan biri qizil kartochka olib, jamoa bir kishiga kam bo'lib qoldi. Shundan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi va xitoyliklar kambek uchun real imkon topa olmadi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijining «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!