Slutskining Shanghai Shenhuasi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

“Shanghai Shenhua” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda Leonid Slutskining jamoasi “Buriram United”ga qarshi faqat turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq bu rejasi amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda taylandliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki gol ham birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida urildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Tez orada “Shanghai Shenhua” bir futbolchisi chetlatilib, jamoa kamson qolganidan keyin o‘yin intrigasiz davom etdi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskining “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!