date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday o‘tganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday o‘tganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi o‘z mamlakati futboli afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qayerda va qanday tanishganini eslab o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so‘zlariga ko‘ra, ularning birinchi uchrashuvi televideniyeda bo‘lib o‘tgan: Maradonaning tashabbusi bilan u «La noche del 10» (“O‘nlik oqshomi”) dasturiga taklif qilingan.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va amakivachchalarim ham bor edi. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas edi», — deya Messining fikrlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday o‘tganini aytdi