date

Kudryashov Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi

Kudryashov Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Turkiyada to'p surayotgan Georgiy Djikiyaning hozirgi ahvoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kudryashov Antalyaspor markaziy himoyachisi atrofidagi vaziyatni muntazam kuzatib borishini aytdi. 32 yoshli futbolchi so'nggi paytlarda maydonga tushmayapti, agenti ma'lumotiga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Djikiyani optimal sport formasida emas, deb hisoblaydi.

«Qachon o'ynadi, qachon o'ynamadi — hammasini kuzataman. Juda xohlayman, u imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytsin. U bilan bog'landimmi? Faqat klubga o'tayotgan paytimizda gaplashganmiz, keyin esa yo'q», — deya Kudryashov so'zlarini Metaratings.ru keltirdi.

Djikya 2025 yil yozidan beri Antalyaspor safida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda Spartakning sobiq o'yinchisi 13 uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kudryashov Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin deydi