Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishganini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi “La noche del 10” ko‘rsatuvi vaqtida bo‘lib o‘tgan va Messini dasturga aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so‘zlariga ko‘ra, u taklifni olgach, rad etmasdan studiyaga borgan. O‘sha kuni u bilan birga otasi, amakisi va amakivachchalari ham kelgan bo‘lib, ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz tanishishga muvaffaq bo‘lgan. Messi bu uchrashuvni unutilmas voqea sifatida ta’rifladi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing