Messi Maradona bilan ilk uchrashuvini eslab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan qanday tanishgani haqida gapirdi. Messining aytishicha, ularning ilk uchrashuvi televideniyeda, Maradonaning tashabbusi bilan taklif etilgan “La noche del 10” ko‘rsatuvi paytida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Taklif oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va jiyanlarim ham bor edi. Ularning barchasi Maradona bilan ko‘rishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan”, — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing