date

Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda

Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fonда klubda Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ayniqsa, «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda