Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida gapirdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishganini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko‘rsatuvi davomida bo‘lib o‘tgan va u yerga Messining o‘zi Maradonaning tashabbusi bilan taklif etilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so‘zlariga ko‘ra, taklifni olgach u rad eta olmagan va studiyaga borgan. O‘sha paytda Messi bilan birga otasi, amakisi hamda jiyanlari ham bor bo‘lgan va ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz tanishish imkoniga ega bo‘lishgan. Futbolchi bu voqeani unutilmas lahza sifatida ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing