date

Kudryashov: Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin

Kudryashov: Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Turkiyada to'p surayotgan Georgiy Djikiyaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U Antalyaspor markaziy himoyachisi bilan bog'liq vaziyatni muntazam kuzatib borishini aytdi. 32 yoshli futbolchi so'nggi paytlarda maydonda kam ko'rinmoqda, agentining so'zlariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Djikiyani optimal formada deb hisoblamayapti.

“Qachon o'ynadi, qachon o'ynamadi — hammasini kuzataman. Eng asosiysi, uning imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytishini juda xohlayman. U bilan aloqada bo'ldimmi? Faqat klubga o'tgan paytida gaplashgandik, hozir esa yo'q”, — deya Kudryashovning so'zlarini Metaratings.ru keltirdi.

Djikya Antalyaspor safida 2025 yil yozidan beri o'ynamoqda. Joriy mavsumda Spartakning sobiq futbolchisi 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urishga ham ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kudryashov: Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin