Safonov bilyardga qiziqishi qanday boshlanganini aytdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov bo‘sh vaqtida rus bilyardi o‘ynashni yoqtirishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qiziqish “Krasnodar”dagi davridan boshlangan: jamoa bazasida bilyard stoli bo‘lib, futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin bir-ikki partiya o‘ynab turishardi.
Safonov Telegram kanalida yozishicha, avvaliga uy yaqinidagi oddiy bilyardxonaga do‘stlari bilan borib yurardi, keyinchalik esa bu sekin-asta haqiqiy mashg‘ulotga aylanib ketgan: o‘z kyi paydo bo‘lgan, hatto yakka tartibdagi darslarni ham sinab ko‘rgan.
Vaqt o‘tib darvozabon bilyardni professional darajaga olib chiqish niyati yo‘qligini tushungan va uni shunchaki hobbi sifatida qoldirib, o‘yinni yanada takomillashtirishni to‘xtatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!