Inter futbolchisi ijarada tizzasidan og'ir jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan ijara asosida «Rasing Avellaneda» safida o'ynayotgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddat maydonga qayta olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik jurnalistlar xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lami uzilgan. Uning tiklanishi 6-8 oy davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgandi va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha mo'ljallangan. Mavsumning ilk qismini u «Jenoa»da o'tkazib, 15 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 gol muallifi bo'ldi. Iste'dodli argentinalikning «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha kuchda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing