date

Interdan ijaraga ketgan Karboni og'ir jarohat oldi

Interdan ijaraga ketgan Karboni og'ir jarohat oldi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avellanyeda»ga ijara asosida o'tgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddat safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina OAV xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchida tizzadagi oldingi xochsimon bog'lam uzilishi aniqlangan. Uning tiklanishi olti-sakkiz oy davom etishi kutilmoqda.

«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgandi va kelishuv joriy yil dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan. Mavsumning birinchi qismida u «Jenoa» safida 15 uchrashuv o'tkazib, 1 gol urdi. Iste'dodli argentinalikning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Interdan ijaraga ketgan Karboni og'ir jarohat oldi