Dortmund Borussiya so'nggi 7 yildagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda

Dortmundning «Borussiya»si Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida barqaror va ishonchli o'yini bilan e'tiborni tortmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23-turdan so'ng «asalarilar» turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda: jamoa hisobida 52 ochko bor. Bu ko'rsatkich klub uchun so'nggi yetti mavsum ichidagi eng yaxshisi sanaladi.
Shanba, 28-fevral kuni «Borussiya» 24-tur doirasida o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
Markaziy bahs arafasida dortmundliklar peshqadam «Bavariya»dan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing