Matvey Safonov sevimli mashg'uloti haqida ochiq gapirdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov bo'sh vaqtida rus bilyardini o'ynashni yoqtirishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu qiziqish "Krasnodar"dagi faoliyati davrida boshlangan: klub bazasida bilyard stoli bo'lib, futbolchilar vaqti-vaqti bilan bir-ikki partiya o'ynab turishardi.
Safonov telegram-kanalida yozishicha, avvaliga uydan yaqin bilyardxonaga do'stlari bilan borib turardi, keyin esa bu odati sezilmay haqiqiy hobbi darajasiga ko'tarilgan: u o'z kiyini sotib olgan, hatto yakka tartibdagi mashg'ulotlarni ham sinab ko'rgan.
Biroq vaqt o'tib, darvozabon bilyardni professional yo'nalishga burishni istamaganini anglab, uni shunchaki hobbi sifatida qoldirishga qaror qilgan va o'yinni chuqurroq takomillashtirishni to'xtatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!