Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chiqarishni talab qilmoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi paytdagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi mumkinligi haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ta'kidlanishicha, italiyalik mutaxassisga qarshi avvalo «Al-Hilol» muxlislari chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda: uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko'zda tutilgan.
Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng ko'p haq oladigan murabbiy sanaladi — undan yuqorida faqat Diego Simeone turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!