Safonov rus bilyardi uning sevimli mashgʻulotiga aylanganini aytdi

Rossiyalik darvozabon, hozirda PSJ safida toʻp surayotgan Matvey Safonov rus bilyardi uning sevimli hobbilardan biri ekanini maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning soʻzlariga koʻra, bilyardga qiziqishi «Krasnodar» davrida boshlangan: klub bazasida bilyard stoli boʻlib, futbolchilar u yerda vaqti-vaqti bilan bir-ikki partiya oʻynab turishardi.
Safonov Telegram kanalida yozishicha, hammasi uy yaqinidagi oddiy bilyardxonaga doʻstlari bilan borishdan boshlangan, keyin esa bu mashgʻulot sezilmay haqiqiy qiziqishga aylangan: u oʻz kiyini ham sotib olgan, hatto yakka tartibdagi mashgʻulotlarni ham sinab koʻrgan.
Vaqt oʻtib, darvozabon bilyardni aynan hobbisi darajasida qoldirishni xohlaganini anglab, oʻyinini yanada oshirish ustida ishlashni toʻxtatganini qoʻshimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!