Noboa Rubin Barselonani yenggani uchun berilgan mukofotni aytdi

2009 yil oktyabrida Qozonning «Rubin» jamoasi Chempionlar ligasida kutilmagan natija qayd etib, «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida maglub etgandi. O‘sha uchrashuvda kazanchilar safida to‘p surgan Kristian Noboa bu g‘alaba ortidan berilgan katta bonuslarni esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Noboaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning faoliyatidagi eng yirik premiyalar bo‘lgan: har bir futbolchi 80 ming dollardan olgan. U buni «Sport-Ekspress»ga bergan izohida aytib o‘tdi.
Yarim himoyachi o‘sha mablag‘ga hech narsa xarid qilmaganini, aksincha pulni yig‘ib qo‘yganini ta’kidladi. Noboaning aytishicha, u o‘sha paytda ham ancha mulohazali yigit bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2009/2010 yilgi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o‘z kvartetida uchinchi o‘rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroqda yakunlagan, Kiyevning «Dinamo»si esa oxirgi pog‘onada qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!