date

Gvardiola Holannning qachon qaytishini ayta olmadi

Gvardiola Holannning qachon qaytishini ayta olmadi

«Manchester Siti» APLning shanba kungi o‘yinida «Lids»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi, biroq bu uchrashuvda Erling Holann maydonga tushmadi. Norvegiyalik hujumchi mashg‘ulot paytida olgan jarohati sabab tarkibdan chiqib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin yakunidan so‘ng jurnalistlar bosh murabbiy Xosep Gvardioladan Holannning holati va qachon qaytishi haqida yana so‘rashdi. Mutaxassis aniq muddatni ayta olmasligini ta’kidladi.

«Bilmayman, qachon qaytishini. Albatta, uning imkon qadar tezroq safga qo‘shilishini istayman. Mashg‘ulot bazamizda ichkaridan ma’lumot uzatadigan “josuslar” yo‘q, ammo muammo juda jiddiy bo‘lmasa kerak», — dedi Gvardiola BBC bilan suhbatda.

«Lids»ga qarshi bahsda «Manchester Siti»ning yagona golini Antuan Semenyo urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Holannning qachon qaytishini ayta olmadi