date

Flik Yamalning het-trigi haqida fikr bildirdi

Flik Yamalning het-trigi haqida fikr bildirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Vilyarreal»ga qarshi yirik g‘alabada (4:1) uchta gol urgan Lamin Yamalning o‘yinini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli vinger uchrashuvning 28-, 37- va 69-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Yamal uchun professional faoliyatidagi ilk het-trik bo‘ldi.

Flikning aytishicha, Yamalning tarkibga qaytishi jamoa uchun muhim edi, urilgan uch gol esa futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklashiga yordam beradi. Mutaxassis, shuningdek, uning himoyadagi mehnatini ham alohida ta’kidladi: Yamal faol pressing qildi.

«Yamal shunday futbol ko‘rsatganda uni tomosha qilish juda yoqimli. Seshanba kuni ham bizga aynan shu darajadagi o‘yin kerak», — deya Flik so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

3 mart kuni Ispaniya kubogi yarim finalining javob bahsi «Barselona» va «Atletiko» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki uchrashuvda kataloniyaliklar yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi — 0:4.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Yamalning het-trigi haqida fikr bildirdi