Messi Maradona bilan ilk uchrashuvini esladi va tafsilot berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini soʻzlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining aytishicha, u Maradonaning tashabbusi bilan televideniyedagi «La noche del 10» dasturiga taklif etilgan va aynan shu ko‘rsatuv davomida ular ilk marta yuzma-yuz uchrashgan.
«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va amakivachchalarim ham bor edi. Ular ham Maradona bilan tanishishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan», — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabrida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing