Gvardiola Holand qachon qaytishini aniq ayta olmadi

"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasida "Lids" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi, biroq jamoa bu uchrashuvni Erling Holandsiz o'tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Norvegiyalik hujumchi mashg'ulot paytida olgan jarohati sabab shanba kungi bahs qaydnomasidan tushib qoldi. O'yindan keyin jurnalistlar bosh murabbiy Xosep Gvardioladan Holandning holati haqida yana so'rashdi.
"Bilmayman, u qachon qaytadi. Tezroq safga qaytishini istayman. Mashg'ulot bazamizda ichkaridan ma'lumot uzatadigan josuslar yo'q, lekin muammo unchalik jiddiy emas deb o'ylayman", — dedi Gvardiola BBC'ga bergan intervyusida.
"Lids"ga qarshi bahsdagi yagona gol muallifi Antuan Semenyo bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing