date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi o‘z vatandoshi, futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan qanday tanishganini yodga oldi. Messi aytishicha, ularning ilk uchrashuvi televideniyedagi “La noche del 10” (“O‘ninchining oqshomi”) dasturi vaqtida bo‘lib o‘tgan va futbolchini ko‘rsatuvga aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda mening yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, amakivachchalarim. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza edi”, — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi