date

Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi

Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi

Buenos-Ayresda Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Banfildga qarshi bahsda River Pleyt 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyasiga barham berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Aynan shu muvaffaqiyatsiz seriya Galyardoning lavozimi bilan xayrlashuviga sabab bo'ldi, biroq klub unga chiroyli tarzda ketish imkonini berdi. Galyardo esa bu lahzani hissiyotlarga boy, unutilmas ko'rinishda yakunladi.

O'yindan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan mutaxassis muxlislarga murojaat qildi: «Hammaga shunchaki rahmat. Sizning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. River Pleytni hech kim abadiy tark etmaydi. Bu sehrli maskan: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan», dedi u.

Eslatib o'tamiz, Marselo Galyardo 90-yillarda River Pleyt safida ham, Argentina terma jamoasida ham to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi