Ko'z yosh to'kkan Galyardo River Pleytdan abadiy ketilmaydi dedi

Marselo Galyardo bosh murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi «Banfild»ga qarshi bahsda «River Pleyt» bilan 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyani to'xtatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan o'sha muvaffaqiyatsiz natijalar Galyardoning lavozimini saqlab qolishiga xalaqit berdi, biroq klub unga munosib tarzda xayrlashish imkonini taqdim etdi. U esa bu lahzani hissiyotlarga boy, tomoshabinni larzaga soladigan darajada o'ziga xos tarzda yakunladi.
O'yindan so'ng ko'z yoshlarini tiya olmagan Galyardo shunday dedi: «Barchangizga shunchaki rahmat. Sizning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. «River»dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketgan taqdiringda ham baribir klub bilan birga qolasan».
Eslatib o'tamiz, Marselo 90-yillarda «River Pleyt» safida to'p surgan va Argentina terma jamoasida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!