date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan birinchi bor qayerda va qanday tanishganini eslab o'tdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi davomida bo'lib o'tgan va Messini dasturga aynan Maradonaning o'zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi taklifni olgach, rad eta olmaganini ta'kidladi: u ko'rsatuvga otasi, amakisi va jiyanlari bilan birga borgan. Futbolchining so'zlariga ko'ra, ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz tanishish imkoniga ega bo'lgan va bu voqea oilasi uchun unutilmas xotiraga aylangan.

Eslatib o'tamiz, afsonaviy Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi