date

Gavi jarohatdan so‘ng tez orada maydonga qaytadi

Gavi jarohatdan so‘ng tez orada maydonga qaytadi

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi tizzasidan o‘tkazilgan operatsiyadan keyin yaqin orada yana futbol maydoniga qaytishi kutilmoqda. U avgustdan buyon rasmiy o‘yinlarda ko‘rinish bermagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Gavini darhol asosiy tarkibga “otib yuborish”ni rejalashtirmoqda emas. Klub uni bosqichma-bosqich o‘yin ritmiga kiritmoqchi, bu jarayonda Mark Bernal bilan qo‘llangan yondashuvga o‘xshash usul tanlanadi.

Yaqin haftalarda Mark Bernal va Mark Kasado maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishi kutilmoqda, Gaviga beriladigan yuklama esa sekin-asta oshiriladi. Klub ortiqcha tavakkal qilmoqchi emas: bosh murabbiy Flik Gavini juda yuqori baholaydi va uni kelajak rejalarining muhim bo‘lagi deb biladi.

Joriy mavsumda 21 yoshli Gavi La Ligada atigi ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gavi jarohatdan so‘ng tez orada maydonga qaytadi