Yuventus Lokatelli bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi

“Yuventus” yarim himoyachi Manuel Lokatellini jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Turin klubi futbolchi bilan amaldagi bitimni uzaytirishga juda yaqin. Yangi shartnoma 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallanadi, Lokatellining yillik maoshi esa 4 million yevrogacha oshiriladi. Klub shu tariqa futbolchining ushbu mavsumdagi o‘yinlarini munosib baholamoqchi.
Manuel Lokatelli “Sassuolo”dan “Yuventus”ga 2023 yilda 36 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning hozirgi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Turin klubi safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing