Ronalduning jarohati haqida yangi ma'lumotlar tarqaldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni «Al-Feyha»ga qarshi uchrashuvda jarohat sabab maydonni erta tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin 3:1 hisobida Jorje Jezush jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan ham foydalana bilmadi. Uchrashuv so'ngida esa tajribali yulduzni almashtirishga to'g'ri keldi. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa mushagi payini (podkolennoye suhojiliye) shikastlagan.
Manbaga ko'ra, agar gap oddiy cho'zilish haqida bo'lsa, tiklanish 3–5 kun atrofida davom etadi. Agar tekshiruvlarda mushak uzilishi aniqlansa, Ronaldu ikki hafta yoki undan ko'proq muddatga safdan chiqishi mumkin.
Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 ta o'yinda 21 ta gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!