Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida gapirdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishgani haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» dasturi vaqtida bo‘lib o‘tgan va Messini studiyaga aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so‘zlariga ko‘ra, u taklifni olgach, albatta, rad eta olmagan va dasturga oilasi bilan birga borgan. Studiyada uning otasi, amakisi hamda jiyanlari ham bo‘lgan va ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz tanishish imkoniga ega bo‘lgan. Messi bu lahzani unutilmas voqea sifatida eslab o‘tgan, deb yozadi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!