date

Qatarda barcha futbol uchrashuvlari noma'lum muddatga to'xtatildi

Qatarda barcha futbol uchrashuvlari noma'lum muddatga to'xtatildi

Qatar futbol assotsiatsiyasi mamlakat hududida o‘tkaziladigan barcha futbol o‘yinlari va musobaqalari vaqtincha bekor qilinganini ma’lum qildi. Qachon qayta start berilishi hozircha aytilmadi — turnirlar keyingi xabargacha to‘xtab turadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyat fonida Finallissima o‘yinini boshqa joyga ko‘chirish ehtimoli ham paydo bo‘ldi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari mart oyining oxirida aynan Qatarda sovrin uchun bahs olib borishi kerak edi.

Avvalroq AQSH Eronга qarshi harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qilgandi. To‘qnashuvlar bir qator mamlakatlarga, jumladan Qatarga ham ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda. Mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq xavf oshgani sabab futbol uchrashuvlarini o‘tkazish imkoni yo‘q.

Yozda esa AQSH, Kanada va Meksika jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Umid shuki, o‘sha paytga kelib dunyo bo‘ylab vaziyat barqarorlashib, musobaqa xavfsiz sharoitda o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qatarda barcha futbol uchrashuvlari noma'lum muddatga to'xtatildi