Bavariya rahbari Chempionlar ligasi qurasi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen Chempionlar ligasi pley-offidagi qura natijalari yuzasidan munosabat bildirdi. Agar nemis grandi «Atalanta»dan o‘tsa, keyingi bosqichda «Real» – «Manchester Siti» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Drizenning aytishicha, turnir setkasining o‘ng tomoni nisbatan yengilroq ko‘rinadi, shu bois «Bavariya» chap tomonga tushganidan xursandmiz, deb aytish qiyin. Shunga qaramay, u kuchlilar bilan o‘ynash va og‘ir uchrashuvlar o‘tkazish ham jamoa uchun yomon emasligini ta’kidladi.
Klub rahbari hozir butun e’tibor «Atalanta»ga qaratilishini aytdi. Uning fikricha, bergamoliklar «Borussiya»ga qarshi o‘yinlarda jiddiy raqib ekani ko‘rindi. Drizen «Atalanta» Yevropa ligasini ham yutganini, finalda «Bayer»ni mag‘lub etganini eslatib, bu jamoani aslo “no-name” deb bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Birinchi uchrashuv 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi, unda «Atalanta» «Bayer»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!