Konseysau 3:3 durangdan keyin g'alabaga loyiq jamoani aytdi

“Yuventus” vingeri Fransishku Konseysau A Seriyasida “Roma”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi. Rimdagi bellashuv 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turinliklar o‘yin davomida 1:3 hisobida ortda borib qolganiga qaramay, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib ketdi. 78-daqiqada Jeremi Boga, 93-daqiqada esa Federiko Gatti aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Mehmonlarning ilk goliga 47-daqiqada Konseysau mualliflik qildi.
“Agar bu oqshom kimdir g‘alabaga loyiq bo‘lgan bo‘lsa, bu biz edik. Golim chiroyli chiqqani yaxshi, ammo 1:3 bo‘lib turgan vaziyatda qaytib, ochko olib ketganimiz meni ko‘proq quvontirdi. Jamoa juda katta ish qildi va mag‘lubiyatdan qochishimiz adolatli bo‘ldi”, — deya Konseysauning so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira keltirdi.
Natijadan so‘ng “Yuventus” 47 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Roma” esa 51 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!