Shтutgart Xyonesning yubiley uchrashuvini yirik g'alaba bilan nishonladi

Bundesliganing 24-turida "Shтutgart" o'z maydonida "Volfsburg"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija "shvablar" bosh murabbiyi Sebastyan Xyones uchun ramziy sovg'a bo'ldi: mutaxassis Bundesligada "Shтutgart" boshqaruvida 100-o'yinini o'tkazdi. Klub tarixida Bundesligada 100 va undan ko'p uchrashuvda jamoani boshqargan so'nggi murabbiy Feliks Magat bo'lib, u 2001–2004 yillarda ishlagan.
Keyingi turda "Shтutgart" safarda "Maynts"ga qarshi bahs olib boradi. Hozircha jamoa Germaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing