O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, el ardoqlagan san’atkor, o‘zbek teatr va kino san’atida o‘zining yorqin va betakror rollari bilan o‘chmas iz qoldira olgan inson Matyoqub Matchonov “UzReport TV” telekanali muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida millionlar o‘yini bo‘lmish futbol xaqida quyidagi fiklarni bildirib o‘tdi:
«Futbol azal-azaldan xalq o‘yini hisoblanib, yoshu qari ushbu sport turini juda ham yaxshi ko‘radi, sevadi. Shu qatorda men ham futbolni judayam yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, o‘zimizning o‘zbek futbolini ashaddiy shinavandasiman desam ham bo‘ladi. Milliy futbolimiz jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini, yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishini har bir futbol muxlisi singari juda ham xohlayman. Shu o‘rinda meni juda ham xursand qilgan narsaga to‘xtalib o‘tmoqchi edim. Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol federatsiyasiga hozirda yangi rahbarlar, yosh mutaxassislar, xullas yangi jamoa yig‘ilib, bir qator islohotlarni amalga oshirishmoqda, dolzarb o‘zgarishlar qilinmoqda.
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga 26 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu vaqt ichida futbolimizning oldingi mavqei qaysidir ma’noda yo‘qolib qolgandek tuyulmoqda. Mustaqillikdan oldingi davrda O‘zbekistonning milliy terma jamoasi bo‘lmaganligi sababli barchamiz “Paxtakor” jamoasiga muxlislik qilganmiz. Mustaqilliknining dastlabki davrlarida futbolimiz oz-moz muvaffaqitga erishgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib futbolimizda orqaga ketish ko‘zga tashlandi.
O‘zbekiston Futbol futbol federatsiyasiga Umid Ahmadjonovning rahbar etib tayinlanishi meni juda xam xursand qildi. Chunki Umid Ahmadjonov O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan, sportchi bo‘lishni o‘z ko‘ngliga maqsad qilib tukkan yoshlardan o‘z yordamini ayamaydigan, ularga iqtidorini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratib bera oladigan ajoyib inson. Umid Ahmadjonovni Paralimpiya qo‘mitasida ishlagan paytlaridan yaxshi bilaman. Paralimpiya jamoamiz qatnashgan Osiyo chempionatiga ular bilan birga borib muxlislik qilgan edim. O‘sha jamoadagi 22 nafar sportchi 28ta medalga ega chiqqan edi. Adashmasam shulardan 18 tasi oltin medallar bo‘lgan. Uning bu xizmatlarini qo‘rqmasdan qahramonlik deb ayta olaman. Rio-de-Janeyrodagi musobaqada ham Umidjonning qo‘l ostidagi yigitlar umumjamoa hisobida 6- o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu ishlar futbolimizga hozir mana shunday jonkuyar, fidokor, jafokash o‘z yurtiga, xalqiga xizmatini ayamaydigan inson rahbar bo‘lganidan dalolat beradi.
Oliy ligamiz jamoalari 16 tadan 12 taga tushirildi. Buning ortida qanday ma’no ko‘rish mumkin? Endi bundan buyog‘iga salmoq emas, sifat oldinga chiqadi. Klublarimizda futbolchilarning sog‘lom raqobati kuchayib, terma jamoamizga ham iqtidorli va jonkuyar sportchilar ko‘proq yetishib chiqa boshlaydi. Men futbol mutaxassisi bo‘lmasamda, bu insonning amalga oshirayotgan islohotlarini to‘g‘ri deb hisoblab, to‘liq qo‘llab quvvatlayman. O‘zimning san’atim orqali futbolimizga qandaydir foydam tegsa, bundan faqat xursand bo‘laman.
Xohlardimki, futbolchilarimiz jahon futboli arenalarida o‘z yuziga ega bo‘lsa, o‘zining so‘zini ayta olsa. O‘zbekona futbolni butun dunyoga namoyish qilsa. Futbolimizning yangi rahbari bu ishlarni amalga oshira olishiga iymonim komil. Bu o‘zgarishlar bejizga bo‘layotgani yo‘q. E’tibor bergan bo‘lsangiz oldingi rahbarlar milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqadi deb va’da bermagan edi. Yosh mutaxassislarimiz esa aksincha dastlabki kunlardanoq o‘z oldilariga aniq maqsadlarni qo‘yib, terma jamoamiz jahon chempionatiga faqat ishtirok uchun emas, balki o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoa sifatida chiqishiga, muxlislar ko‘nglidan joy ola biladigan jamoa yaratishga harakat qilishmoqda.
Meni quvontirgan yana bir jihat shundan iboratki, Umid Ahmadjonovning qo‘l ostida yig‘ilgan yosh mutaxassislar mamlakatimiz rahbarining yoshlarimiz uchun yaratgan imkoniyatlarga “labbay” deb javob berib, dadil oldinga intilishmoqda. Butun futbol muxlislarimizdan federatsiyamizning ushbu professional mutaxassislar jamoasini, rahbarini qo‘llab quvvatlashlarini so‘rardim. Ishonaman, bular o‘z aytgan so‘zining ustidan chiqa oladigan insonlar. Bu insonlarga amalga oshirayotgan ishlarida faqat muvaffaqiyatlar tilayman.
Yana bir holatga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Oxirgi paytlarda mamlakatimizda malakali futbol murabbiylari yetishmayotgani sababli chet ellik murabbiylar taklif qilinibdi. Bu holat nafaqat yoshlar futbolining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, balki murabbiylarni ham o‘z ustilarida ko‘proq ishlashga, ular bilan raqobat qilishga undaydi. Bor kuchni, bor urg‘uni yoshlarga berar ekanmiz, bu albatta futbolimiz rivojiga xizmat qilmay qo‘ymaydi. Chet eldan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar olib kelinishi oldinlari kuzatilmaganidan xabardorsiz. Shu ishning o‘zi ham bolalar futboliga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat emasmi?
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, federatsiyamizda yangi rahbarlar ish boshlaganidan so‘ng, shaffoflik ko‘zga tashlana boshladi. Masalan FIFA ajratayotgan mablag‘lardan tortib, barcha xarajatlar nimaga sarflanyapti, qayerga ketyapti, hammasi xaqida muxlislarimizga to‘xtovsiz ma’lumotlar berib borilmoqda. Mutaxassislarimiz oldinlari turli davlatlarga borib kelishardi, lekin sababi ommaga ma’lum qilinmasdi. Hozir-chi, Koreaga boradimi, Yaponiyaga boradimi, yoki Malayziya-yu Germaniyaga boradimi, maqsadlar aniq aytilyapti, hisobotlari berilyapti. Bu muxlislarda qaytadan futbolga bo‘lgan ishonchni qaytarmoqda, ertangi kunga yangi umidlar uyg‘otmoqda.
Men ishonaman, bizdan ham ertaga albatta Messilar, Ronaldolar yetishib chiqadi", - deydi Matyoqub Matchonov.
Manba: www.uzreport.news “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi: “Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashni faqat Ukraina hal qiladi”