
2025 yil 26 noyabr kuni “Klinika” serialining yangi tizeri e’lon qilindi, deya xabar beradi Variety. Asosiy rollarda ishtirok etgan Zak Braff va Donald Feyson 15-yillik tanaffusdan so‘ng JD va Turk obrazlariga qaytishdi.
Ularga Sara Chok va boshqa asl aktyorlar, jumladan Jon K. Makginli ham qo‘shilgan.
Syujetga ko‘ra, bosh qahramonlar “Muqaddas Yurak” klinikasiga qaytib, tibbiyotdagi o‘zgarishlar va yosh internlarning faoliyatini kuzatishadi. Shouning davomida yangi qahramonlar ham paydo bo‘ladi, ular orasida Vanessa Bayer va Joel Kim Buster bor.
“Klinika” seriali yangi qismlarining premerasi 2026 yil 25 fevral kuni ABC telekanalida hamda Hulu striming platformasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.