FIFA Jahon chempionatiga qiziqishni oshirish uchun yangi tartib joriy qildi

1 daqiqa o'qish192
FIFA Jahon chempionatiga qiziqishni oshirish uchun yangi tartib joriy qildi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatini yanada tomoshabop, yanada intrigali va muxlislar kuzatuviga boy qilish maqsadida musobaqaga yangi tartib joriy etdi. Ushbu tizimga ko‘ra, agar jahon reytingidagi eng kuchli to‘rtta terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l olsa, ularning yo‘li shunday tuziladiki — ushbu grandlar yarim finalgacha bir-biri bilan to‘qnash kelmaydi.

Ya’ni, raqiblar tanlanishidagi markaziy maqsad — favoritlar o‘rtasidagi so‘nggi bosqichdagi katta to‘qnashuvlarni saqlab qolish, muxlislar intiq bo‘lib kutadigan “super duellar”ni chamalab rejalashtirishdir. Bu o‘z navbatida chempionatning dramatik ruhini ham, televizion auditoriyani ham yanada oshiradi.

Ayni paytdagi FIFA reytingiga ko‘ra, Ispaniya, Argentina, Fransiya va Angliya terma jamoalari kuchli to‘rtlikni shakllantiryapti. Demak, ular mundivl davomida pley-offning dastlabki bosqichlarida bir-birini “chetlatmasdan”, faqat 1/2 finaldan keyingina to‘qnashuvi mumkin bo‘ladi. Bu esa jamoalar uchun ham, turnirning marketing qiymati uchun ham juda katta afzallik.

Shu bilan birga, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi a’zolari hamda o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovning ishtirok etishi alohida qayd etilgan.

Bu marosim nafaqat guruhlar taqdiri, balki butun mundial ssenariysi uchun start nuqtasi bo‘ladi. Futbol olami esa hozirdanoq 2026 yilgi chempionat qanday intrigalar va “super to‘qnashuvlar”ni taqdim etishini kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?