
Belgiya klubi "Union Sent-Jilluaz" bosh murabbiyi David Yuber Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi ustidan erishilgan safardagi gʻalaba ortidan oʻz his-tuygʻularini yashira olmadi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining beshinchi tur uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi.
"Men futbolchilarga ushbu gʻalabadan zavqlanishni aytdim. Ular bu tuygʻuni his qilishlari, eslab qolishlari va keyingi oʻyinlarda ham shu ruhni saqlashlari muhim.
Men uchun bu murabbiy sifatida katta faxr. Biz bosib oʻtgan yoʻllar, qilayotgan ishlarmiz va oʻsishimizdan faxrlanaman.
Koʻp jihatdan yaxshilanib bormoqdamiz. Bugungi oʻyinni koʻrib, qiyin vaziyatlarda ham birdamlikni koʻrish mumkin.
Menimcha, bugungi kunni ifodalash uchun eng toʻgʻri soʻz bu "faxr"," dedi Yuber RTBF nashriga bergan intervyusida. "Himoyaviy oʻyinda hamma narsa ideal boʻlmagan, biroq ideallikka yaqin boʻldi.
Biz oʻz imkoniyatlarimizdan foydalandik va eng muhimi, oxirigacha darvozamizni daxlsiz saqlay oldik." Oʻyindan keyingi atmosfera haqida Yuber shunday dedi: "Koʻp musiqa va kulgi boʻldi. Bu juda yaxshi.
Mehmonxonada yana bir oz nishonlaymiz. Ammo ertadan boshlab barcha eʼtiborimiz "Anderlext"ga (chempionatdagi raqibimiz) qaratiladi." "Union" 6 ochko bilan 22-oʻrinda, "Galatasaroy" esa 9 ochko bilan 11-oʻrinda bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.