
Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias 2022-yilda "Barselona"ga o'tganidan afsuslanmaganini ma'lum qildi. "Nega "Barselona"ni "Chelsi"dan ustun qo'ydim?
Men nima xohlayotganimga yuz foiz amin edim. Mening rejalarim orzularimni amalga oshirish va "Barselona" libosini kiyish edi.
Shu sababli men "Barselona"ni tanladim va hozir mana shu yerda bo'lishimning sababi ham shunda", — dedi Rafinya jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda. Joriy mavsumda 28 yoshli vinger barcha musobaqalar bo'yicha 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Rafinyaning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.