date

Dunyoning eng gavjum aeroportlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng gavjum aeroportlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyodagi yirik xalqaro aeroportlar orasida AQSHning Jorjiya shtatida joylashgan Atlanta—Hartsfild-Jekson aeroporti yana bir bor o‘z ustunligini namoyish etdi. 2024 yil yakuniga ko‘ra, bu aeroport 108 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, mutlaq rekord o‘rnatdi.

Atlantaning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishiga bir nechta omillar ta’sir qilgan. Birinchidan, u AQSH hududining taxminan 80 foiz qismiga 2–3 soatlik parvoz masofasida joylashgan. Bu yerdan dunyo bo‘ylab 225 ta shaharga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi. Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga reyslar mavjud. Aeroport trafigining katta qismi — taxminan 85 foizi ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Atlanta aeroportida dunyodagi eng ulkan avtomatlashtirilgan bagaj tizimi ishlaydi. 100 kilometr uzunlikdagi konveyerlar soatiga 60 mingta jomadonni saralash imkoniga ega. Yo‘lovchilar esa terminallar orasida SkyTrain tezyurar poyezdi orqali harakatlanishadi.

Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Dubay xalqaro aeroporti egalladi — yil davomida 92,3 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda esa AQSHning Dallas/Fort-Uert (85 mln yo‘lovchi), Tokiodagi Haneda, Londonning Hitrou aeroportlari qayd etilgan.

Yuk tashish bo‘yicha esa yetakchilik Gonkong aeroportiga tegishli — bir yilda 5 million tonnadan ortiq yuk qayta ishlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng gavjum aeroportlari ro‘yxati e’lon qilindi