date

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotiga yirik sarmoya: 300 mlrd so‘m jalb etildi!

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotiga yirik sarmoya: 300 mlrd so‘m jalb etildi!

Dunyoning nufuzli xalqaro sarmoyadorlaridan biri bo‘lgan VR Capital kompaniyasidan Uzum platformasiga kiritilgan taxminan 300 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ uning raqamli banking va to‘lov infratuzilmasining taraqqiyoti uchun sarflanadi.

Ikkinchi bitim va ishonch

Bu VR Capital va Uzum o‘rtasidagi ikkinchi hamkorlik kelishuvi bo‘lib, avvalroq, 2025 yilda VR Capital Uzum'ning asosiy investorlaridan biriga aylangandi. Bu holat fondning O‘zbekistonning shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi yuqoriligini ko‘rsatadi.

Jalb qilingan sarmoya Uzum'ning fintex yo‘nalishi — raqamli banking, to‘lovlar va iste’mol kreditlash kabi ustuvor yo‘nalishlarning rivojlanishini jadallashtiradi. Shuningdek, bu bitim O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir.

So‘mning xalqaro mavqei oshmoqda

Uzum asoschisi Jasur Jo‘mayev yangi moliyalashtirish nafaqat Uzum ekotizimini, balki mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish sur’atlarini ham kuchaytirishi ta’kidladi. Muhimi, moliyalashtirish milliy valyutada ajratildi — bu xalqaro hisob-kitoblar va korporativ moliyalashtirishda so‘mning mavqei yuksalib borayotganini namoyon etadi. VR Capital Group prezidenti Richard Deyts ham Uzum'ning o‘sish sur’atidan hayratda ekanligini bildirib, platformaning raqamli transformatsiyaga qo‘shayotgan hissasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Uzum onlayn savdo, raqamli va an’anaviy banking, shuningdek, fintex xizmatlarini yagona ekotizimga birlashtirib, mamlakatning eng yirik raqamli platformasini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Hozirda ushbu ekotizimdan 20 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar faol foydalanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotiga yirik sarmoya: 300 mlrd so‘m jalb etildi!