17:00 / 20.11.2018
3 411

Janubiy Koreya termasi O‘zbekistonga javobsiz 4 ta gol urdi

Janubiy Koreya termasi O‘zbekistonga javobsiz 4 ta gol urdi
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Unda qayd etilgan hisob o‘yin ssenariysini ham to‘la aks ettirish bilan birga jamoalar saviyasi va tajribasi o‘rtasidagi farqni ham yaqqol ko‘rsatib berdi.

O‘yinning 9-daqiqasida hisob ochildi. Li Yong o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pni Nam Tayehi to‘xtatmasdan chap oyoq zarbasi bilan Nesterov darvozasiga joylab qo‘ydi.

24-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng O‘zbekitson darvozasi oldida tartibsizlik yuzaga keldi. Ignatiy dastlab Li Yongning zarbasini qaytardi, ammo yaqin masofadan rikoshet natijasida qo‘liga yetib kelgan to‘pni ushlab qola olmadi. Takroriy zarbada esa koreyslar hujumchisi Hvang Uijo mo‘ljaldan adashmadi – 0:2.

Tanaffusdan so‘ng ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida ko‘tarilish ko‘zga tashlangani yo‘q. Koreyslarning zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan ikki futbolchisi – Mun Seonmin (69-daqiqa) va Suk Hyunjun (81) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygach, hisob yirik ko‘rinishga keldi – 4:0.

Juda g‘arib va qo‘rqoq o‘yin. Janubiy Koreyadan juda ko‘p yutqazganmiz. Ammo bu kabi kurashsiz va hech narsa qila olmasdan o‘ynagan bahsni eslash qiyin. Koreya ancha xotirjam va bemalol o‘ynayotgani kishini ranjitmoqda.

Bunday ojiz va kuchsiz, nima qilishni bilmay qoladigan terma jamoamizni ko‘rmagandik. Kuper, qani o‘yin? Kuper, shumi super o‘yin? Nimalar bo‘lyapti? Kuper qo‘l ostida sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldik! Tablodagi hisob o‘z yo‘liga, o‘yin va himoyadagi harakatlar nolga teng! Alamli mag‘lubiyat!

Ushbu o‘yin va ushbu hisob, shubhasiz, Ektor Kuper boshchiligidagi argentinalik murabbiylar shtabi uchun Osiyo kubogi oldidan unutilmas dars, terma jamoaning yosh a’zolari uchun esa beqiyos tajriba bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini

Janubiy Koreya – O‘zbekiston 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 - 9 Tay Hvi, 2:0 - 24 I Cho, 3:0 - 70 Son Min, 4:0 - 82 Hyon Chun.

Janubiy Koreya: Cho Xen U, Kim Yon Gvon (Gvon Kyun Von, 63), Chon Sin Hyon, Li Yong, Pak Chu Ho, Hvan In Byom, Chu Se Chon, Nam Tay Hvi (Mun Son Min, 51), Li Chon Yong, Na Sang Ho, Hvan I Cho.
Zahira: Kim Sin Ku, Kim Jin Hyon, Kim Min Che, Pak Ji Su, Li Yun Von, Xon Chhol, Kim Chong Min, Kim Sin Te, Li Chin Yon, Sok Hyon Chun.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Odiljon Hamrobekov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov (Husniddin G‘ofurov, 75), Javohir Sidiqov (Ikrom Aliboyev, 64), Aziz Turg‘unboyev (Marat Bikmayev, 46), Eldor Shomurodov.
Zahira: Eldorbek Suyunov, O‘tkir Yusupov, Vladimir Kozak, Doston Tursunov, Yegor Krimets.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya termasi O‘zbekistonga javobsiz 4 ta gol urdi