Buxoro klubi bilan shartnomasi yil oxirida yakunlanadigan turkmanistonlik yarim himoyachi Arslonmurod Omonov yaqin orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Turkmaniston futbol federatsiyasi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Arslonmurod Omonovga Qozog‘istonning “Ordabasi” va Qatar klublari qiziqish bildirmoqda.
"Bu xabarni Omonovning o‘zi ham tasdiqladi, – deyiladi xabarda. – Turkmanistonlik futbolchini asosan “Ordabasi” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qattiq bel bog‘lagan. Taxminlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olsa, “Buxoro” yarim himoyachisi yangi mavsumni Qozog‘iston chempionatida boshlaydi".
Shuningdek, Buxoro PFK Matbuot xizmatining Turon24ga ma’lum qilishicha, futbolchi Olmaliqning AGMK klubiga o‘tishi ham mumkin. Arslonmurod Omonov avvalroq AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan Buxoroda birga ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi