15:39 / 16.06.2020
2 229

Golden Boy sovriniga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Golden Boy sovriniga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Foto: Google Images
Italiyaning Tuttosport nashri Golden Boy sovriniga da’vogar 100 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»), Eduardo Kamavinga («Renn»), Alfonso Devis («Bavariya»), Anssumane Fati («Barselona»), Filip Foden («Manchester Siti»), Erling Holand, Jeydon Sancho (ikkisi «Borussiya» Dortmund), Kallum Hadson-Odoi («Chelsi»), Takefusa Kubo («Malorka», «Real»ga tegishli), Daniel Maldini («Milan»), Reyner («Real»), Sandro Tonali («Breshiya»), Ferran Torres («Valensiya») va boshqa bir qator nomdor futbolchilar o‘rin olgan.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishing.

Ma’lumot uchun, Tuttosport tomonidan tashkil etilgan sovrin har yili 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga taqdim etiladi.

Joriy yilning oktabr oyiga qadar davom etuvchi ovoz berish natijalariga ko‘ra, da’vogarlar orasidan 20 nafar finalchi nomi aniqlanadi hamda g‘olib yil oxirida e’lon qilinadi.

2019 yilda sovrin «Atletiko» hujumchisi Joau Feliksga topshirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golden Boy sovriniga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi