23:45 / 03.04.2021
1 906

Shahram G‘iyosov meksikalik bokschini nokautga uchratib, WBA International kamarini himoya qildi

Shahram G‘iyosov meksikalik bokschini nokautga uchratib, WBA International kamarini himoya qildi
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

G‘iyosovga meksikalik Patrisio Lopes Moreno (28-5, 20 KO) raqib bo‘ldi.

Dastlabki raund ikkala bokschining faolligida o‘tdi, kichik ustunlik G‘iyosov tomonida bo‘ldi. Ikkinchi raund so‘ngida meksikalik sportchi nokdaun holatiga tushdi. Uchinchi raundda G‘iyosov raqib tanasiga kuchli zarba yo‘llab, uni nokautga uchratdi.

Bu g‘alaba orqali G‘iyosov WBA International kamarini yana bir bor himoya qila oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov meksikalik bokschini nokautga uchratib, WBA International kamarini himoya qildi