
Foto: Instagram
Professional boksning superengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 26 may kuni AQSHda o‘tkazadi.
8 raundga mo‘ljallangan bu jangda Ergashevga Burkina Faso vakili Issuf Kinda (18-5, 7 KO) raqiblik qiladi.
Jang Salita Promotions tomonidan tashkillashtirilgan boks oqshomi doirasida Ford Community Center (Michigan, AQSH) arenasida o‘tkaziladi.
Ergashev so‘nggi jangini 2021 yilning dekabr oyida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkauee Kaumaneni nokautga uchratgandi. Kinda esa oxirgi marta 2020 yilning iyulida ringga ko‘tarilgan va unda mag‘lubiyatga uchragan.
Shohjahon yanvar oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay boksga qaytganini e’lon qildi.
Shohjahon ErgashevProfessional BoksSuperengil VaznBurkina FasoIssuf KindaJang Sanasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar