Hindistonning Dehli shahrida joylashgan Axborot texnologiyalari universiteti tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, 2014 yilda jahon bo‘yicha 15 ta odam bevosita selfi olish jarayonida vafot etgan. 2015 yilda ushbu miqdor 39 taga etdi. Joriy yilda esa (hali nihoyasiga etmagan) jami 73 nafar inson selfi rasm tushirish paytida hayotdan ko‘z yumgan. Ferra saytining yozishicha, odatda, bunday o‘limlar Hindiston, Pokiston va AQSh davlatlarida kuzatilmoqda. Hindistonda so‘nggi uch yil ichida 76 ta odam selfi olish vaqtida halok bo‘lgan.
Ushbu raqamlar olimlarni selfi kameraning xavfni aniqlash darajasini oshirishga undamoqda. Digital Trend nashrida berilgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda universitet olimlari selfi vaqtida atrofdagi holatni baholab, mavjud xavf to‘g‘risida foydalanuvchini ogohlantiradigan sun’iy intellekt ustida ishlamoqda. Dastur turli manzillardagi balandlik, transportlarning tezligi va boshqa atrof-muhit bilan aloqador omillarni hisobga olishi rejalashtirilgan. Hozirda tizimning aniqligi 73%ni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi